
Manchesterliklar: Husanovni sog‘indik...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yin amaliyotisiz qolayotganiga bir yarim oydan o‘tdi. Angliya kubogi finalida Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchini o‘yin qaydnomasiga kiritdi, biroq maydonga tushirgani yo‘q.
Shunga qaramay, klub matbuot xizmati va Angliya futbolini yoritayotgan manbalar o‘zbek legioneri “shaharliklar” mashg‘ulotlarida faol qatnashayotgani aks etgan foto va video materiallarni e’lon qilib bormoqda.
Garchi Abduqodir asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan bo‘lsa-da, tushkunlikka tushgani yo‘q. Suratlarda kayfiyati joyida ekani va mehnat qilishdan to‘xtamaganini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida “Manchester Siti”ning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida o‘zbek futbolchisi haqida o‘z fikr-mulohazalarini qoldirmoqda.
Sports.uz portali ushbu munosabatlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
Iconic Kelvin Ke:
Husanov bizning futbolchiga aylanib bo‘lgan.
Morris Baha:
Gvardiola necha Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Echeveri kabi yoshlarni o‘ynatmayotgani qiziq holat.
Sam Az:
Husanov o‘ynagan jamoa doim yutadi!
Pablo Kabiru:
Husanov va Niko Gonsales hech bo‘lmaganda bir necha daqiqaga o‘ynashga loyiq.
Li No:
Biz Husanovni sog‘inib qoldik...
Anointed Cris:
Husanovni asosiy tarkibga qaytarish kerak!
Jabali Mwamba:
Nega Husanovni o‘ynatishmayapti?
Kelvin Munyoro:
Nega Husanovning imkoniyatlarini ortga surishmoqda?
Mark Reddington:
Abduqodir Husanovning mashg‘ulotlardagi harakatlarini tomosha qilish ham juda maroqli.
Richard Woodward:
Husanov boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi kerak.
Peace Agb:
Husanov, Doku va Marmush o‘yinni boshidan maydonda bo‘lishi lozim.
Arati Fredric:
Har gal Husanovni maydonda ko‘rsam, qalbim quvonchga to‘lardi.
Maris KH:
Abduqodirni yaxshi ko‘ramiz.
Epoh Bleck:
Husanov mashg‘ulotlarda ham qattiq ishlayotgani ko‘rinib turibdi-ku...
Derick Ameh:
Men achinayotgan yagona narsa, Husanovga o‘ynash imkonini berishmayotganidir. Abduqodir ayrim o‘yinchilarga qaraganda, tarkibda bo‘lishga munosibroq!
Ronaldu Shomurodov jamoasidagilar bilan hech qachon futbolka almashtirmaydi!
Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi
Shomurodovga ekspertlar nechchi ball qo‘ydi?
Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!
Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda
Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!
Fikrlar