
Manchesterliklar birdaniga uchta superfutbolchini nishonga oldi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning kurashuvchanligini oshirish uchun maydon markazini kuchaytirish lozim, degan qarorga keldi.
Klub mutasaddilari yarim himoyaga uch nafar yangi futbolchi topgani aytilmoqda. Transferlarni yanvar oyida amalga oshirish rejalashtirilyapti.
TEAMtalk nashrining yozishicha, asosiy nishon “Nottengem Forest”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Elliot Anderson hisoblanadi.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar yozda qo‘lga kirita olmagan “Brayton” vakili Karlos Balebani olish fikridan hali ham qaytgani yo‘q. Biroq kamerunlik futbolchiga da’vogarlar ko‘p va raqobat kuchliligi uchun uni olish oson bo‘lmaydi. “Brayton” ham mavsum o‘rtasida etakchi o‘yinchisini qo‘yib yuborishi qiyin.
Uchinchi variant sifatida “Kristal Pelas” yulduzi Adam Uorton ko‘rsatidgan. Biroq 21 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. Mundialdan keyin Uortonning narxi keskin ko‘tarilishi ehtimoli katta.
Fikrlar