Manchesterga superhujumchi keladi

  • 27 sentabr, 2022, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki  transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini ham kuchaytirishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Erik ten Xag oldingi chiziqda ko‘p gol uradigan forvardga ehtiyoj sezmoqda. O‘tgan mavsumning asosiy to‘purari bo‘lgan Krishtianu Ronalduning bu boradagi ko‘rsatkichlari ancha pasayib ketgan.

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, mankuniyaliklar “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni olib kelishni rejalashtirmoqda. Klub mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida ham bu futbolchini olishga harakat qilga edi.

Osimxenning  neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Manchesterliklar 23 yoshli hujumchini olmoqchi bo‘lsa, katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Odatda, bu klub xo‘jayinlari kerakli o‘yyinchi uchun pul ayamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!