
Manchesterda to‘rt futbolchini kutishyapti
“Manchester Yunayted” himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Erik ten Xag o‘zi qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos to‘rt futbolchi ro‘yxatini rahbariyatiga berdi.
Yaqinda bu ro‘yxatga yangi nomzod – Gonsalu Inasiu kiritildi. Hozir bu himoyachi Portugaliya chempionatida Lissabonning “Sporting” jamoasi sharafini himoya qilyapti.
Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Erik ten Xag yana uch futbolchining transferini kutyapti.
Bular “Bayer”dan Edmond Tapsoba, “Nitstsa”dan Jan-Kler Todibo hamda “Benfika”dan Antoniu Silva.
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida ham markaziy himoyachi sotib olishga harakat qilgandi. Biroq Harri Maguayr jamoadan ketmagani bois, klub mutasaddilari o‘z rejasini amalga oshira olmadi.
Fikrlar