Manchesterda katta tozalash boshlandi: To‘rttasi ketadi!

  • 23 aprel, 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasidagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin tarkibida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, Ruben Amorim boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum rejasiga kiritilmagan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantira boshladi.

Unga ko‘ra, jamoani birinchilardan bo‘lib, to‘rt nafar futbolchi – Antoni, Alexandro Garnacho, Markus Reshford hamda Kazemiro tark etishi kerak.

Manchesterliklar bu futbolchilarni to‘liq sotib yuborib, ularning transferidan keladigan mablag‘larni yangi ijrochilarni olish uchun sarflamoqchi.

Ayni paytda bu to‘rt charm to‘p ustasidan ikki nafari – Kazemiro va Garnacho jamoa ixtiyorida qolgan. Klub Markus Reshfordni “Aston Villa”ga, Antonini esa, “Betis”na ijaraga yuborgan. Amorimga kerak bo‘lmay qolgan bu futbolchilar yangi jamoasida ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!