"Manchester Yunayted"ning yozgi transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum

  • 21 may, 2019, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yaqin vaqtlar ichida "Suonsi" yarim himoyachisi Deniel Jeyms bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli uelslik futbolchi bilan kelishuvga erishishgan. Ushbu transfer mankuanliklarga 17 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeyms asli "Xall Siti" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Suonsi" tarkibida esa 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U bosh jamoada 2018 yilning fevralida debyut qilgan. O‘tgan davr mobaynida u jami 39ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Arthur Melo
21/05/2019 17:38
Juda iqtidorli o'yinchi.