"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi: Shu futbolchini olmasak bo‘lmaydi

  • 24 aprel, 2022, 13:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brentford"ning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

Sky Sport xabariga ko‘ra, yozda mankunianliklar boshqaruvini o‘z qo‘liga oladigan niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag klub rahbariyatidan 30 yoshli daniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning "Brentford" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha imzolangan, biroq "asalarilar" futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmoqda.

Kristian Eriksen joriy mavsum Angliya premer-ligasida ettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!