
"Manchester Yunayted"ning Sancho borasidagi qarori o‘zgardi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sanchoning kelajagi haligacha noma’lumligicha qolmoqda. Angliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan kelishmay qolgani tufayli qishda "Borussiya"ga ijaraga berilgandi.
Avvalroq "qizil iblislar 23 yoshli futbolchini 50-60 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabar berilgan edi. Endi MYu rahbarlarining bu borada fikri o‘zgardi. "DerWesten" nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar Sanchoni 35-40 million evroga sotishga rozi.
Eslatib o‘tamiz, Jeydon yanvardan beri Bundesliganing 8 uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi va ikki sherigining goliga assistentlik qildi.
Fikrlar