
“Manchester Yunayted”ning eng katta muammosi aytildi
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou “Liverpul” maydonidagi golsiz durangdan keyin jamoasining joriy mavsumdagi muammolari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Bu haqiqatan muhim uchrashuv bo‘ldi. Keyingi paytda biz juda ko‘p to‘p o‘tkazib yuboryapmiz. O‘tgan mavsumda biz 0:7 hisobida yutqazgan “Envild”ga qadam bosish oson bo‘lmadi. O‘sha o‘yinni unutganimiz yo‘q. Bu faoliyatimdagi eng yomon xotiralardan biriga aylangan.
“Liverpul” bilan qayd etilgan durang to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizdan dalolat. Biz to‘p bilan harakat qilayotganimizda ko‘p narsaga erisha olamiz. Lekin men himoyachi sifatida himoya e’tibor qaratish shart bo‘lgan nuqta ekaniga urg‘u berish kerak, deb hisoblayman. Har bir bahsda mustahkam himoyalanishimiz kerak.
Endi har doim qaerda o‘ynashimizdan qat’i nazar, himoyani mustahkam ushlashni o‘rganishimiz va buni davomli tarzda amalga oshirishimiz talab etiladi. Hozirgacha aynan himoyadagi barqarorlik katta muammo bo‘lib kelayotgan edi, - dedi Lyuk Shou.
Fikrlar