“Manchester Yunayted”ning asosiy nishoni ma’lum

  • 1 iyul, 2022, 18:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar berdi “The Times” nashri.

Tecno

Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag klubning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda va ushbu pozitsiyada o‘ynaydigan, jamoani kuchaytira oladigan futbolchilar “short-listi”ni tuzib chiqqan.

Qayd etilishicha, 25 yoshli belgiyalik ushbu ro‘yxatdan joy olgan bo‘lib, “qizil iblislar”ning asosiy nishoni bo‘lib turibdi.

Tilemans o‘tgan mavsumda "Lester" safida barcha turnirlar doirasidagi 49 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 5 assist muallifiga aylangan. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Oldinroq, Tilemansga "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalga edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!