“Manchester Yunayted”ni tark etadiganlar 15 taga etdi

  • 26 noyabr, 2023, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa ko‘rsatayotgan o‘yindan qoniqmayapti va yaqinlashib kelayotgan ikkita transferlar oynasi vaqtida katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi.

Tecno

Bosh murabbiy Erik ten Xag katta tozalashni amalga oshiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub kamida 15 nafar o‘yinchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Daily Star nashri manchesterliklar xayrlashishi kutilayotgan o‘yinchilar nomini aniqladi. Unga ko‘ra, birinchi navbatda, Jeydon Sancho, Antoni, Rafael Varan, Donni Van de Beka va Antoni Martsyal o‘ziga tezroq  boshqa jamoa topishi kerak.

“Xetafe”ga ijaraga jo‘natilgan Meyson Grinvudga ham ortga qaytishiga ruxsat berilmaydi. Qolaversa, manchesterliklar ijaraga olingan Serxio Regilon va Sufyon Amrabat transferini sotib olmaydi.

Yozda shartnomasi tugaydigan Tom Xiton va Jonni Evans bilan hamkorlik to‘xtatiladi. Klub mutasaddilari Brandon Uilyams, Alvaro Fernandes kabi ijarada yurgan o‘yinchilarga ham yangi bitim bermoqchi emas.

Ketadiganlar ro‘yxatida Shola Shortayr, Uill Fish va Jo Xyudjill kabi o‘yinchilar nomi bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!