
"Manchester Yunayted"ni qishda kimlar tark etadi?
"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasi vaqtida ko‘proq tarkibni qisqartirishga e’tibor bermoqchi.
MEN nashri manbasiga ko‘ra, darvozabon Serxio Romero, himoyachilar Markos Roxo, Fil Jons va Timoti Fosu-Mensa transferga qo‘yiladi.
Aynida damda MYu ixtiyorida 31 nafar futbolchi bor. Shu sababdan, klub Odion Igalo "Shanxay Shenxua"ga qaytganidan so‘ng, uning o‘rniga boshqa hujumchi xarid qilmaydi.
28 yoshli himoyachi Fil Jons 26 yanvardan buyon "qizil iblislar" safida maydonga tushgani yo‘q. Fosu-Mensa esa joriy mavsumda ikkita o‘yindagina maydonda harakat qildi.
Fikrlar