
“Manchester Yunayted”ga o‘taman, deb o‘ylovdim!
PSV hujumkor futbolchisi Kodi Gakpo yozgi transferlar mavsumi oxiriga qadar Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilgandi. Biroq, bu transfer amalga oshmadi.
23 yoshli gollandiyalik futbolchi transfer mavsumining boshidan o‘ziga jiddiy qiziqayotgan jamoalar borligini bilgan.
- O‘tgan haftaning oxirigacha “Manchester Yunayted”ga o‘taman, deb o‘ylovdim. Undan keyin esa qarorimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Bu PSV uchun yoqimsiz holat, men uchun ham, - dedi Kodi Gakpo.
Iste’dodli futbolchiga “Manchester Yunayted”dan tashqari “Sautgempton” va “Lids”dan ham chorlov bo‘ldi. Biroq, Gakpo Eyndxovenda qolishni ma’qul ko‘rdi.
Fikrlar