“Manchester Yunayted”ga jamoani qutqaradigan o‘yinchi topib berishdi

  • 27 sentabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” joriy mavsumda ham muxlislar kutayotgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Erik ten Xag yozda o‘zi istagan o‘yinchilarning aksariyatini qo‘lga kiritdi. Biroq samara bo‘lmayapti.

Mashhur futbolchi Lui Saa “Manchester Yunayted” rahbariyatiga jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun “Pari Sen-Jermen”ga tegishli bo‘lgan Xavi Simonsni olishni maslahat berdi.

21 yoshli futbolchi yozda Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida Niderlandiya terma jamoasi safida o‘z mahoratini namoyish eta oldi.

- “Manchester Yunayted” Xavi Simonsni olish uchun qo‘lijan kelganini qilishi kerak. Bu o‘yinchi jamoa o‘yiniga sezilarli darajada ta’sir qilish salohiyatiga ega. Evropa chempionatida yarim himoya va hujumni bog‘lab turadigan o‘yinchi ekanini namoyish qildi va jamoadoshlariga ko‘plab xavfli hujumlar tashkil qilib berdi.

Bunaqa tipdagi futbolchilar ko‘p emas. Ulardan yana biri Dani Olmo “Barselona”ga o‘tdi. Simons “Manchester Yunayted”da o‘ynab keta olishiga ishonaman, - dedi Lui Saa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!