
“Manchester Yunayted”dan birinchi ketadigan futbolchi aniq
“Manchester Yunayted” tayanch yarim himoyachisi Nemanya Matich yozda klubni tark etadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.
33 yoshli futbolchi joriy mavsumda etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi va kelasi chempionatda ham unga imkoniyat berilmasligini anglagan holda, o‘ziga boshqa jamoa qidirishga qaror qildi.
Serbiyalik yarim himoyachi ichki raqobatda Skott Maktominey va Fredga imkoniyatni boy berib qo‘yapti.
- Uzoq o‘ylaganimdan keyin bunisi men uchun “Manchester Yunayted”dagi oxirgi mavsum bo‘ladi, degan xulosaga keldim. Qarorim haqida klub rahbariyati va jamoadoshlarimni xabardor qildim, - dedi Nemanya Matich.
Besh yildan beri shu klubda to‘p tepayotgan o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan.
Fikrlar