“Manchester Yunayted”da o‘ynay olmayotgan Reshfordga uch superklubdan taklif tushdi

  • 28 dekabr, 2023, 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford anchadan beri yuqori saviyada o‘ynay olmayapti. Yangi mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, atigi ikkita gol urdi xolos.

Tecno

Markus atrofda yuzaga kelgan vaziyatdan bir necha klublar foydalanib qolmoqchi. Xususan, PSJ, “Barselona” va “Yuventus” mohir hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Manchesterliklar ham samara bermay qo‘ygan hujumchini sotib yuborishga tayyor. Biroq bu transfer mavsum yakunlangach, yozda amalga oshirilishi mumkin.

Samaradorligi pasaygani sari Reshfordning transfer summasi ham arzonlab boryapti. Ayni paytda Markus 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!