“Manchester Yunayted”da Erik ten Xagdan norozilik kuchayib bormoqda

  • 22 sentabr, 2023, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mavsumni ancha bo‘sh boshladi. Jamoa beshta uchrashuvdan ikkitasida g‘alaba qozondi xolos, uchta bahsda raqiblar ustunlik qildi.

Tecno

Manchester Evening News nashrining jamoa ichidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, “Yunayted”da bosh murabbiy Erik tan Xagga nisbatan norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda ekan.

Manbaning ta’kdlashicha, futbolchilar Erik ten Xagning jamoada o‘zi yoqtirgan o‘yinchilar paydo bo‘lganiga e’tiroz qila boshlagan. Bosh murabbiy ayrim futbolchilarni boshqalardan farqli o‘laroq, umuman tanqid qilmayapti.

Bundan tashqari, ba’zi o‘yinchilar bosh murabbiyning taktik qarorlari to‘g‘ri emasligini iddao qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!