
“Manchester Yunayted”da direktorlar to‘qnashuvi: Eshuort Amorim tufayli haydaldi
“Manchester Yunayted” sport direktori Den Eshuort klubda besh oy ishlaganidan keyin lavozimidan ozod etildi.
Evropa matbuotining yozishicha, klubning qolgan mutasaddilari Denga muhim masalalarda qaror qabul qilish imkoniyatini bermagan va uni bu jarayondan uzoq tutishgan.
Buning ortidan Den Eshuortning ijrochi direktor Omar Berrada bilan munosabati buzilgan. Ikki direktor jamoaga kimni bosh murabbiy qilib tayinlash borasida o‘zaro kelisha olmay qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Berrada jamoaga Ruben Amorimni olib kelishda asosiy vazifani bajargan. Jamoadagi kadrlar masalasiga mas’ul bo‘lgan Den Eshuort bosh murabbiylikni Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Garet Sautgeytga topshirmoqchi bo‘lgan.
Bundan tashqari, Eshuort yozda avvalgi murabbiy Erik ten Xag bilan yangi shartnoma tuzish tashabbuskorlaridan bo‘lgan edi.
Fikrlar