
"Manchester Yunayted" — APLda eng ko‘p kambek amalga oshirgan klub
"Manchester Yunayted" APLning 10-turida "Everton" ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1). Erik ten Xag shogirdlari garchi hisobda ortda qolayotgan bo‘lsa-da, yakunida 3 ochkoga ega chiqdi.
Shu tariqa, “qizil iblislar” birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan o‘yinlardagi 100-g‘alabasini qozondi. Bungacha APLda hech qaysi jamoa bunday natija qayd etmagan.
MYudan keyingi o‘rinlarda “Tottenxem” (96 ta kambek), “Liverpul” (85), “Chelsi” (84) va “Arsenal” (79) bormoqda.
Fikrlar