
“Manchester Yunayted” zo‘r hujumchini sotib olishi mumkin
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.
“ESPN” nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining vakillari “Manchester Yunayted”ning “Bolonya” hujumchisi Marko Arnautovichni sotib olish borasidagi taklifi rad etilgach, uning xizmatlarini ingliz klubiga taklif qilgan.
Morata so‘nggi ikki mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o‘tkazdi, biroq shartnoma muddati tugagach, klub uni sotib olishdan bosh tortdi. 2021/22 yilgi mavsum ispaniyalik futbolchi Italiya klubining barcha musobaqalar doirasidagi 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar