“Manchester Yunayted” yulduzi Ronaldu yoniga ketmoqchi

  • 29 may, 2024, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni tark etishi kutilayotgan Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Braziliyalik futbolchi “Real” va “Manchester Yunayted”da o‘zi bilan birga to‘p tepgan Krishtianu Ronaldu jamoasiga o‘tishi kutilmoqda.

Relevo nashrining yozishicha, “An-Nasr” tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti va bu yo‘lda mablag‘ni ayamasligini bildirgan.

32 yoshli futbolchi ikki yil muqaddam “Real”dan “Manchester Yunayted”ga 70,6 million evro evaziga transfer qilingan edi. Bu savdo o‘zini oqlamadi va Kazemironing narxi ayni paytda 20 million evroga tushib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!