“Manchester Yunayted” yulduzi fikrini o‘zgartirdi

  • 26 may, 2022, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”da ishlari yurishmay qolgan Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga kelganini ma’lum qildi.

Klubning eng iste’dodli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan futbolchi jamoani qabul qilib olgan Erik ten Xag qo‘l ostida o‘yini yana ochilib ketishiga ishonmoqda. Avvalroq, Reshford Manchesterdan ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Shunga qaramay, Reshford asosiy tarkibda ko‘proq o‘ynash uchun Krishtianu Ronaldu bilan raqobatda o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi. Portugaliyalik yulduz ham jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmaganiga qaramay, klubda qolishga qaror qilgan.

Erik ten Xag ham Ronalduning ko‘p gol ura olishini inobatga olib, kelasi mavsumda uning xizmatidan foydalanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!