
“Manchester Yunayted” yanvarda oladigan besh futbolchi nomi aniq bo‘ldi
Britaniyaning Mirror nashri “Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan besh nafar futbolchi kimligini aniqladi.
Manbaga ko‘ra, asosiy nishon sifatida bir necha futbolchi – “Everton” himoyachisi Jerrad Brentueyt, “Sporting” to‘purari Viktor Dyokeresh va ushbu jamoa yarim himoyachisi Jovani Kenda, “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis hamda hujumkor futbolchisi Leroy Sane belgilandi.
Jamoa yangi tayinlangan bosh murabbiy Ruben Amorim sobiq klubi “Sporting”dan o‘zi ishongan ikki o‘yinchini olishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis himoya, maydon markazi va hujum chizig‘ini kuchaytirish lozim, deb hisoblamoqda. Ayniqsa, manchesterliklarga ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerak. Chunki jamoa ligada eng kam to‘p kiritgan jamoalardan biri hisoblanadi.
Fikrlar