
“Manchester Yunayted” yangi transferni amalga oshirishga yaqin
“Manchester Yunayted” “Yuventus” bilan turinliklar yarim himoyachisi Adrien Raboning transferi borasida kelishuvga erishdi, deb xabar beradi “Manchester Evening News”.
Biroq mankunianliklar futbolchining agenti bilan shartnoma shartlarini haligacha muhokama qilmagan.
"Manchester Yunayted" “Barsa” futbolchisi Frenki de Yongni sotib olmoqchi edi, ammo futbolchi “qizil iblislar” safiga o‘tishni istamadi. Shu bois, klub Adrienni sotib olish bo‘yicha muzokara boshlagan
Raboning “Yuventus” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydi. “Byankonerilar” futbolchini bir yildan keyin tekinga yo‘qotib qo‘ymaslik uchun futbolchi bilan yozgi transfer oynasi paytidayoq xayrlashishga tayyor.
Fikrlar