
“Manchester Yunayted” yana uch futbolchini oladigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani yana sovrinlar uchun kurashadigan loyihaga aylantirishga bel bog‘lagan.
Klub yozda hujumchi Joshua Zirkzee, himoyachilardan Leni Yoro, Matteys de Ligt kabi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Hali xaridlar davom etadi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar yana bir necha pozitsiyani kuchaytirmoqchi.
Xususan, Erik ten Xag o‘z shogirdlari orasida “Bavariya” himoyachisi Nusser Mazraui, “Byornli” vakili Sander Berge va PSJ yarim himoyachisi Manuel Ugarteni ko‘rmoqchi.
Fikrlar