
“Manchester Yunayted” voz kechayotgan forvardga jiddiy xaridor chiqdi
“Manchester Yunayted” sakkiz yildan beri jamoada to‘p tepayotgan Antoni Marsyaldan voz kechishga qaror qilgan.
28 yoshli futbolchi jamoada o‘z salohiyatini ocha olmadi. Uning o‘yinlarida barqarorlik etishmadi.
Antoni ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. Unga “Inter” jiddiy qiziqish bildiryapti. Milanliklar bu transferni yanvar oyida amalga oshirishga tayyor.
Maryal joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga atigi ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
Shu bois manchesterliklar uni yanvar oyida sotib yuborishni istayapti. Transfermarkt portali frantsiyalik o‘yinchini 15 million evro atrofida baholamoqda.
Fikrlar