
"Manchester Yunayted" vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagning jamoadagi kelajagi muhokama mavzusi bo‘lib qolmoqda, garchi niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda shartnomasini uzaytirgan bo‘lsa ham.
Gap shundaki, “Manchester Yunayted” yangi mavsumni yaxshi boshlagani yo‘q. Jamoa besh turdan keyin APL turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 11-pog‘onada bormoqda. Transfer News Live nashrining Football Insider nashriga tayanib xabar berishicha, “Manchester Yunayted” “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau bilan bog‘liq holatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Gap shundaki, 46 yoshli angliyalik mutaxassis klub direktori Pol Mitchell bilan janjallashib qolgan, bu esa uning jamoadan ketish taxminlarini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” hozirda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar