
“Manchester Yunayted” uch nafar superhujumchini nishonga oldi
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib boradi.
The Sun nashrining yozishicha, manchesterliklar bu pozitsiyaga uch nafar futbolchidan iborat ro‘yxat shakllantirdi.
Manbaga ko‘ra, klub mutasaddilari “Bolonya”dan Joshua Zirkzee, “Brentford”dan Ayven Touni va “Lill”dan Jonatan Devidni olib kelishga harakat qiladi.
Ekspertlar Touni va Devidning klub bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani bu transferlarni amalga oshirishni osonlashtiradi, deb hisoblamoqda.
Yakunlangan mavsumda Jonatan Devid 26 ta gol, 9 ta assist qayd etdi. Uzoq muddatli diskvalifikatsiyani o‘tab, yana maydonga qaytgan Ayven Touni 17 ta uchrashuvda to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Zirkzee esa, o‘z hisobiga 12 ta gol va ettita assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar