“Manchester Yunayted”: Transferga vaqt etmadi

  • 31 avgust, 2022, 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag angliyalik himoyachi Aaron Van-Bissaka bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi. Bu futbolchi jamoada olib qolinadi.

Tecno

Aaron yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligi aytilgandi. Uning agenti mijozini “Vest Xem” va “Kristal Pelas”ga taklif qildi. Biroq ish transfergacha etib bormadi.

Bu mavsum “Manchester Yunayted”ning o‘ng qanot himoyasida Diogu Dalot o‘ynaydi. Aaron Van-Bissaka to‘rt tur yakunlariga ko‘ra, atigi to‘rt daqiqa to‘p tepdi xolos.

Van-Bissakaning transferini amalga oshirishga vaqt qolmagani bois, murabbiylar shtabi uni jamoada qoldiradigan bo‘ldi. Endi 24 yoshli futbolchi qishki transferlar oynasi ochilgunicha zaxirada o‘tiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!