“Manchester Yunayted” transferga ko‘nmadi

  • 19 iyul, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoasi o‘yinchilari ham boshqa klublardan taklif ola boshladi. Xususan, Skott Maktominayni Turkiya chempionatida qutishmoqda.

Tecno

Turk Superligasi etakchilaridan “Galatasaroy” shotlandiyalik yarim himoyachini so‘rab, Manchester klubiga taklif yubordi. Biroq “Manchester Yunayted” rahbariyati uni qabul qilmadi.

Bu haqda Transfer News Live hamda Mirror nashrlari xabar tarqatdi.

27 yoshli Skott Maktominay klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2017 yildan biri asosiy jamoa tarkibida o‘ynab kelmoqda.

Markaziy yarim himoyachi manchesterliklar asosiy tarkibida jami 252 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 29 ta gol va 8 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!