
"Manchester Yunayted" to‘purar hujumchi bilan muzokaralar boshladi
Shvetsiyalik markaziy hujumchi Viktor Gyokeresh hali ham "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolgan, deb xabar bermoqda Sky Sports jurnalistlari.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" hujumchini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni vositachilar orqali olib bormoqda. Gyokeresh MYuda o‘tgan mavsumda yuqori samaradorlik ko‘rsata olmagan Rasmus Xoylundning o‘rnini egallashi mumkin.
27 yoshli Gyokeresh o‘tgan mavsumda Lissabonning "Sporting" jamoasi safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Portugaliyaning top-klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar