
"Manchester Yunayted" Ten Xagning o‘rniga Nagelsmanni tayinlamoqchi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanga Angliya Premer-ligasining top klubi qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Migel Delanining xabariga ko‘ra, 36 yoshli mutaxassisning nomzodi "Manchester Yunayted" tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Mankunianliklar yozda Erik ten Xag bilan xayrlashmoqchi. Nagelsmanning "nemis mashinasi" bilan shartnomasi iyul oyida, aniqrog‘i Evropa chempionati yakunida tugaydi. Yulianning qaytishiga "Bavariya" ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Nagelsmann "Chelsi" va "Tottenxem" bilan muzokaralar olib borgandi, biroq kelishuv amalga oshmadi.
Fikrlar