“Manchester Yunayted” tajribali futbolchi bilan muzokara olib bormoqda

  • 3 iyul, 2022, 11:26
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan muzokaralar olib bormoqda. Klub futbolchining barcha moliyaviy talablarini qondirishga tayyor, deb xabar berdi “Daily Star” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichda. Daniyalik futbolchi yiliga 8,3 million evro maosh olishi ko‘zda tutilgan.

Xabar qilinishicha, Eriksen “Brentford”ning ham taklifni ko‘rib chiqmoqda. Ammo, futbolchining “arilar” bilan shartnoma imzolash imkoniyati juda past. Insayd xabarlarga ko‘ra, daniyalik xavbekning keyingi manzili katta ehtimol bilan Manchester bo‘ladi.

Kristian 2022 yilning yanvarida "Brentford" bilan yarim yillik shartnoma imzolagan. U klub safida 10 o‘yinda ishtirok etib, 1 gol va 3 assist muallifiga aylangan. Eriksen 2022 yilning 30 iyunidan erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!