
“Manchester Yunayted” supertransfer uchun dahshatli summa to‘lashni rad etdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Manchesterliklar ko‘p gol ura oladigan yosh, baquvvat va chaqqon hujumchi olmoqchi.
Klub nishoni “Napoli” vakili Viktor Osimxenga tushgandi. Biroq, A Seriya klubi nigeriyalik forvard uchun 120 million evro talab qildi. Tabiiyki, bu manchesterliklarga ma’qul kelmadi va ular rad javobini berdi.
23 yoshli futbolchi Italiya chempionatiga 2020 yili “Lill”dan ko‘chib o‘tgandi. O‘shanda neapolliklar frantsuzlarga 75 middion evro to‘lagan.
Joriy mavsumda Viktor Osimxen A Seriyada 17 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ettita gol va uchta golli pas yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Evropa ligasida beshta o‘yinda raqiblar darvozasini to‘rt bora ishg‘ol qildi.
Fikrlar