«Manchester Yunayted» superhujumchi sotib olmoqchi

  • 9 avgust, 2021, 15:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanni xarid qilmoqchi. Bu haqda "Todofichajes" xabar tarqatdi. Kataloniyaliklar frantsuz bilan xayrlashishga qarshi emas. 

Tecno

Transfermarkt portali 30 yoshli futbolchini 60 million evroga baholamoqda. Antuanning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Avvalroq, Grizmannga "Atletiko", "Yuventus" va "Chelsi" klubilari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. O‘tgan mavsumda hujumchi 36ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan hamda 8ta golga assistentlik qilgan. 

"MYu" Grizmanni "Inter"ga yo‘l olishi kutilayotgan Antonio Marsyal o‘rniga olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!