
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Frantsiya chempionatini "yondirmoqda"
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Meyson Grinvud o‘tgan avgust oyi yakunlariga "Olimpik Marsel" jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Hujumchi "qizil iblislar" safidan frantsuz klubiga ko‘chib o‘tgan ilk mavsumidayoq jamoasining muhim futbolchisiga aylanib bormoqda. U avvalgi mavsumdayoq "Xetafe" safida La Ligada yorqin o‘yinlar namoyish etib, avvalgi sport formasiga qaytib olayotganini barchaga isbotlagan edi.
Ingliz futbolchisi hozirga qadar barcha musobaqalar hisobidan uchta uchrashuvda maydonga tushib uchta gol kirtishga erishdi.
Fikrlar