"Manchester Yunayted" Ronalduni qo‘yib yuborishga tayyor!

  • 20 fevral, 2022, 11:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronalduni mavsum so‘ngida qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda. 

Tecno

Manbaning yozishicha, hamkorlikdan ikki tomon ham qoniqmayapti. Agar "qizil iblislar" Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, KriRo aniq klubni tark etadi. 

Avvalroq, portugaliyalik yulduzga PSJ qiziqayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Parijliklar rahbariyati Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rmoqchi. 

Joriy mavsum forvard barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!