
"Manchester Yunayted" Ronalduga o‘rinbosarni "Al-Nassr"dan olib keladi
"Manchester Yunayted" "Al-Nassr"ning kamerunlik hujumchisi Vensan Abubakarga qiziqish bildirmoqda.
"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, manchesterliklar jamoani tark etgan forvard Krishtianu Ronaldu o‘rnini Vensan bilan to‘ldirmoqchi. Riyodliklar ham futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas. Klub uning transferidan 10 million dollar ishlab olmoqchi.
Avvalroq, Abubakar "Al-Nassr"da baxtsiz ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. U joriy mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar