“Manchester Yunayted” Ronaldudan bo‘shagan joyga “Roma” hujumchisini olmoqchi

  • 31 dekabr, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jahon chempionati vaqtida klub bilan aloqasini uzgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga boshqa hujumchi qidirmoqda.

Tecno

Manchesterliklar bir necha variant ustida ish olib bormoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, bu klub “Roma”ning angliyalik hujumchisi Temmi Abraxamni ham nishonga olgan. Aslida “Yunayted” rahbariyati o‘tgan mavsum davomida ham 25 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgandi.

Bu transfer yozga mo‘ljallanmoqda. Mavsum tugashi bilan tomonlar muhokama kirishadi. “Roma” yaxshi taklif bo‘lsa Abraxam bilan xayrlashishga tayyor.

Temmi Abraxamning o‘zi Angliya terma jamoasidagi joyini qaytarib olish uchun Angliya premer-ligasiga qaytishni istayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!