
“Manchester Yunayted” Ronaldu sabab yana bir transferni ko‘zladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan do‘stona aloqalaridan foydalanib, uning yana bir mijozini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Ule-Gunnar Sulsher maydon markazini yanada kuchaytirish maqsadida qishki tansferlar vaqtida “Vulverxempton”dan Ruben Neveshni sotib olmoqchi.
“Bo‘rilar” portugaliyalik futbolchini 40 million funtga baholagan.
Manchesterliklar Neveshni jamoasini almashtirishga ko‘ndirish uchun Mendesh, Ronaldu va Brunu Fernandesh yordamidan foydalanmoqchi.
Fikrlar