"Manchester Yunayted" "Real" yulduzini tekinga olmoqchi

  • 31 dekabr, 2022, 18:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘z tarkibini mahoratli futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

"Goal" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya milliy terma jamoasi a’zosi Marko Asensio faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Unga MYudan qiziqish bor.

Qayd etilishicha, manchesterliklar futbolchini erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olmoqchi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning mayigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida Asensioning narxi 25 million evroni tashkil etadi.

26 yoshli vinger joriy mavsum "qaymoqranglilar" libosida 16 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 tadan gol va assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!