"Manchester Yunayted" "Portu" darvozaboni uchun 75 mln evro to‘lashga rozi

  • 30 may, 2023, 21:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” safida to‘p surayotgan portugaliyalik darvozabon Diogo Koshta Angliya premer-ligasining gigantlaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda bizga " A Bola" nashri sahifalarida xabar berildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 23 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "qizil iblislar" rahbariyati futbolchi uchun 75 million evro taklif qilishga tayyor. 

Diogo o‘tgan mavsumda Portugaliyada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol o‘tkazib yuborgan. 17 o‘yinda darvozabon darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. “Portu” chempionatning kumush medallariga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!