
“Manchester Yunayted” Pogbaning o‘rniga zo‘r futbolchi topdi
Manchesterliklarning frantsiyalik yulduzi Pol Pogba jamoani tark etishi kutilmoqda. Sulsher yarim himoya zaiflashib qolmasligi uchun yangi futbolchi qidirayotgan edi. Skautlar unga “Brest”da porlay boshlagan Romen Fevrni olishni maslahat bermoqda
22 yoshli frantsiyalik yarim hamoachi 2020 yilning yozida “Monako”dan 450 ming evro evaziga “Brest”ga ko‘chib o‘tgan edi. Yangi jamoa safida Fevrning o‘yinini ochilib ketdi. O‘z iste’dodini namoyish eta boshlagan o‘yinchi Frantsiya chempionatida 19 ta bellashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, jamoadoshlarining uchta goliga hammuallif bo‘ldi.
Ayni paytda manchesterliklar Fevrni olish uchun bir necha klublar, xususan, PSJ bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar