
"Manchester Yunayted" Pogbani sotishga majbur!
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "qizil iblislar"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi. Jahon chempioni manchesterliklar bilan bitimni uzaytirmoqchi emas, deya yozmoqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.
Pogbaning "MYu" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachi xizmatiga PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manchester jamoasi futbolchini ushbu yozda sotishga majbur bo‘ladi, aks holda keyingi yilga Pol "Old Trafford"ni erkin agent maqomida tark etishi mumkin.
2020/21 yilgi mavsumda Pogba 26ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan hamda 5ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar