
"Manchester Yunayted" Pogbaga "Atletiko"dan o‘rinbosar topdi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoadan ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Pol Pogbaga o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” bu borada “Atletiko” xavbeki Saul Nigesni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Biroq, aytish kerakki 26 yoshli futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 90 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Saul yakunlangan mavsum “Atletiko” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar