“Manchester Yunayted” Pogba o‘rniga zo‘r futbolchi topib qo‘ydi

  • 20 sentabr, 2021, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning jamoadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Mavsum oxirida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik yakunlanadi.

Tecno

Klub bir necha marotaba frantsiyalik yulduzga shartnoma taklif qilgan edi. Biroq, Pogba ularning barini rad etdi. Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin Polning fikri o‘zgargani haqidagi xabarlar ham amalda o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.

Klub mutasaddilari Pol Pogbaning o‘rniga boshqa futbolchi topib qo‘ydi. Ular “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni transfer qilmoqchi.

Aslida manchesterliklar bu futbolchi Angliyada o‘ynab yurganida unga xaridor bo‘lgandi. Biroq, Bellingem etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun o‘tgan yili Dortmund klubini tanlagandi.

“Borussiya” yosh iste’dod egasining transferini 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!