“Manchester Yunayted” o‘z yulduzini “Barsa”ga bermadi

  • 27 iyun, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ning Harri Maugayr bo‘yicha so‘rovini qabul qilmadi, deb xabar tarqatmoqda Sun nashri.

Tecno

Kataloniyaliklar angliyalik himoyachini Frenki de Yong transferi doirasida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgandi. Niderlandiyalik pleymeykerni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan Erik ten Xag kelasi mavsum Harri Maguayr xizmatidan ham foydalanmoqchi.

Shu bois, manchesterliklar “Barselona”ning taklifiga rad javobini berdi.

Maguayr 2019 yildan beri manchesterliklar  sharafini himoya qilmoqda. Tajribali himoyachi ungacha “Lester”da to‘p tepgan. Uning amaldagi shartnomasi yana uch mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!