
"Manchester Yunayted" o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Angliya Premer-ligasi 14-turida "Manchester Yunayted" "Lids"ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning 2-daqiqasida Skot Maktominey Brunu Fernandeshdan to‘pni qabul qilib oldi va kuchli zarba bilan hisobni ochdi. Bir daqiqadan so‘ng, Skot Maktominey Antoni Marsyalning uzatmasini o‘ziga bo‘ysundirib, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 20-daqiqada Brunu Fernandesh jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi. 37-daqiqada Antoni Marsyal burchakdan uzatilgan pasni jamoadoshiga etkazib berdi, Viktor Lindelyof esa ochiq qolgan darvozani aniq nishonga oldi. Taym so‘nggida Liam Kuper burchakdan uzatilgan pasni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi.
66-daqiqada Deniel Jeyms himoyachini ortda qoldirib, kuchli zarba bilan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. To‘rt daqiqadan so‘ng, "Lids" himoyachilari Antoni Marsyalga qo‘pollik ishlatdi va hakam penalti belgiladi. Brunu Fernandesh 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 73-daqiqada Styuart Dallas kuchli zarba bilan hisobni qisqartirdi.
APL 14-turidan so‘ng 13 ta o‘yin o‘tkazgan "Manchester Yunayted" 26 ochko jamg‘arib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Lids" 14 o‘yinda 17 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
Ushba o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar