
“Manchester Yunayted” o‘yinini o‘zgartiradigan futbolchi topildi
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutadi.
Klub xo‘jayinlari qatoriga qo‘shilgan ser Jim Retkliff yosh, baquvvat va tezkor futbolchilardan tarkib topgan jamoa shakllashtirishga qaror qilgan.
Himoya chizig‘iga yangi etakchi topildi. Retkliff “Everton”dan Jerred Brentueytni olish uchun 93,6 million evro sarflaydigan bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Qizig‘i shundaki, Transfermarkt portali “Everton” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan futbolchini 30 million evroga baholagan.
Manchesterliklar “Real” va “Arsenal” kabi da’vogarlarni engish uchun bir necha baravar ko‘p xarajat qiladigan bo‘lyapti.
Fikrlar