
“Manchester Yunayted” munosib bosh murabbiy tanladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani boshqarishga nomzodlar orasida “Ayaks” bosh murabbiyim Erik ten Xagni munosib mutaxassis ekaniga ishonmoqda.
Anchadan beri jamoani qabul qilib olishga asosiy nomzod sifatida PSJdan ketish ilinjida yurgan Maurisio Pochettino e’tirof etilayotgan edi. Endi vaziyat o‘zgardi va klub xo‘jayindari bu rolda Erin ten Xagni ko‘rmoqchi.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, manchesterliklar Pochettino variantidan ham voz kemagan va argentinalik mutaxassis zaxira varianti hisoblanadi.
Bundan tashqari, manchesterliklar “Chelsi”da yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, “aristokratlar” ustozi Tomas Tuxelni taklif qilish bo‘yicha ham ish olib borishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar